Qog'oz menyu o'rniga — jonli menyu planshetda
Taom rasmlari, narx, tavsif va uch tilda nom. Narxni laCafe panelida o'zgartirasiz — zaldagi hamma planshet o'zi yangilanadi. Kassa ham, lokal tarmoq ham shart emas.
Ilovani o'rnatib, LAMENU kodini kiriting — demo menyu darhol ochiladi.


Demo menyu — hech qanday ro'yxatdan o'tishsiz
Planshet yoki telefoningizga ilovani o'rnating va demo kodni kiriting. Yoki shunchaki brauzerda menyu saytini oching.
LAMENU
Mehmon ko'radi, tanlaydi — ofitsiant buyurtmani oladi
laMenu faqat ko'rsatadi: savat va to'lov yo'q. Shuning uchun uni ishga tushirish oson — bugun ulab, ertaga ishlatasiz.
Rasm, GIF va video
Har taomga bir nechta rasm, GIF yoki qisqa video. Video kartada ovozsiz aylanib turadi — mehmon ko'rib tanlaydi.
Narx bir joyda o'zgaradi
laCafe panelida tahrirlaysiz — hamma planshet o'zi yangilanadi. Qayta chop etish va yopishtirma yo'q.
O'zbek, rus, ingliz
Mehmon tilni o'zi tanlaydi. Mehmonxona va turistik joylar uchun ayniqsa qulay.
Kassa va LAN shart emas
Planshet bulutga to'g'ridan ulanadi: Wi-Fi yoki SIM yetarli. Kompyuter, server, sozlash kerak emas.
iPad, iPhone, Android, brauzer
Bitta menyu hamma qurilmada. Eski planshet ham yaraydi — u faqat ko'rsatadi.
QR menyu sayti
Stoldagi QR kod orqali mehmon menyuni telefonida ochadi: restoran.lamenu.uz yoki o'z domeningiz.
Mehmon ko'zi bilan tanlaydi
Qog'ozdagi «Lag'mon» so'zidan ko'ra bug'i chiqib turgan lag'mon ko'proq ishtaha ochadi. Rasm va video menyuni ro'yxatdan vitrinaga aylantiradi.
Manba: Grubhub, restoran menyusi dizayni bo'yicha qo'llanma (onlayn buyurtmalar ma'lumoti).
Video — rasmdan ham kuchliroq
Ko'z birinchi bo'lib harakatga qaraydi. Shuning uchun laMenu'da taom videosi kartaning o'zida, ovozsiz aylanib turadi.
- Cho'g'da jizillayotgan kabob, cho'zilayotgan pishloq, quyilayotgan kokteyl
- Video faqat ekranda ko'rinib turgan taomda o'ynaydi — planshet qizib ketmaydi
- Videoni laCafe panelida taomga biriktirasiz — hamma qurilmada o'zi paydo bo'ladi
VIDEOKatta rasm, aniq narx va o'xshash taomlar
- Bo'limlar chap panelda — bir bosishda kerakli joyga
- Tugagan taom avtomatik «Tugadi» deb belgilanadi
- Tarkib, porsiya, kaloriya va qo'shimchalar
- Mehmon 2, 3 yoki 4 ustunli ko'rinishni tanlaydi
- Restoran logotipi va fon rasmi bilan o'z uslubingizda

Istalgan qurilmada ishlaydi
Ilova bepul yuklanadi. Restoran menyusiga ulash uchun laCafe panelidan 6 harfli kod olasiz.
iPad va iPhone
Stol ustidagi iPad uchun asosiy tanlov. iPhone'da ixcham ko'rinish.
Android
Android planshet va telefonlar uchun — Google Play orqali o'rnating va avtomatik yangilanib boring.
Veb-brauzer
O'rnatishsiz: istalgan telefon yoki kompyuterda menyu sayti ochiladi. QR kod uchun ham shu.
Restoraningizga o'rnating
laMenu laCafe ilovalar do'konida sotiladi. O'rnatganingizdan so'ng menyu laCafe panelidan olinadi — alohida kiritish shart emas.
- laCafe paneliga kiringHisobingiz bo'lmasa — lacafe.uz orqali ulaning.
- Ilovalar do'koni → laMenu → O'rnatishIlova restoraningiz menyusiga bir bosishda ulanadi.
- Planshetni ulanglaMenu → Planshetlar bo'limida 6 harfli kod oling va uni ilovaga kiriting.
Ko'p beriladigan savollar
Mehmon planshetdan buyurtma bera oladimi?
Yo'q, laMenu faqat menyuni ko'rsatadi. Buyurtmani ofitsiant oladi — shuning uchun kassaga ulanish shart emas.
Menyuni qayerda to'ldiraman?
laCafe panelidagi menyuda: bo'limlar, taomlar, rasmlar, narxlar va tarjimalar. O'zgarish planshetlarga bir necha daqiqada yetib boradi.
Internet uzilsa nima bo'ladi?
Ilova oxirgi yuklangan menyuni ko'rsatishda davom etadi va aloqa tiklanganda o'zi yangilanadi.
Bitta hisobga nechta planshet ulash mumkin?
Istalgancha. Har bir qurilma alohida kod bilan ulanadi va panelda onlayn holati ko'rinadi.
O'z domenimda menyu sayti ochsa bo'ladimi?
Ha. menu.restoran.uz kabi manzilni laMenu sozlamasida ulaysiz — DNS'da TXT yozuvi bilan tasdiqlanadi.